⚠️|
"Eng yangi davr tarixi" bo‘limi

"Eng yangi davr tarixi" bo‘limi

    1996-yili tashkil topgan. “Hozirgi zamon tarixi va xalqaro tadqiqotlar”, “Yangi va eng yangi tarix” bo‘limi kabi nomlarda faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-iyundan “Eng yangi davr tarixi” bo‘limi sifatida qayta tuzilgan. Bo‘limni turli yillarda Rashod Nosirov (1996 – 1998), Musallam Jo‘rayev (1998 – 2000), Erkin Nuriddinov (2000 – 2007), Mirzohid Rahimov (2008 – 2020), Mashhura Darmonova (2022 – 2023), Azamat Ziyo (2020 – 2022, 2024) boshqarganlar. 2025-yildan unga Shaxzod Axmedov boshchilik qilmoqda.

 

Bo‘limning ilmiy yo‘nalishlari
- O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixi: ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar natijalarini o‘rganish;
- O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalari, ijtimoiy hayot va mehnat muhojirligi masalalarini tahlil qilish;
- O‘zbekistonda iqtisodiyot, sanoat, transport, agrar va madaniy sohalardagi o‘zgarishlarni tadqiq etish;
- Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xususiyatlarini o‘rganish.

Izlanishlar

Tadqiqotlar

Loyihalar:
1. 2003 – 2007-yillar. O‘zbekiston respublikasi tarixi (1991-2005 y.y.) VII-jild.
2. 2003 – 2005-yillar. O‘zbekiston Respublikasining yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi.
3. 2003 – 2005-yillar. Markaziy Osiyoda etnik muammolar (Farg‘ona – 1989 va O‘sh – 1990 voqealari misolida).
4. 2008 – 2010-yillar. Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy stratifikatsiyasi tarixiy jarayonlar kontekstida.
5. 2007 – 2011-yillar. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo‘lga kiritilishi tarixi.
6. 2009 – 2011-yillar. Paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlari. XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda “paxta ishi” bo‘yicha tarixiy-sotsiologik tadqiqot.
7. 2011 – 2012-yillar. O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlarda.
8. 2012 – 2014-yillar. O‘zbekiston Respublikasining yetakchi mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlari tarixi.
9. 2015 – 2016-yillar. O‘zbekistonning eng yangi tarixi (magistr va katta ilmiy xodim izlanuvchilar uchun o‘quv qo‘llanma).
10. 2015 – 2017-yillar. O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish: metodlar, yondashuvlar va konsepsiyalar.
11. 2016 – 2017-yillar. Mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi tarixi.
12. 2017 – 2020-yillar. O‘zbekistonning eng yangi tarixi (4 jildlik).

 

Ellararo aloqalar:
2007 – 2019-yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Rossiya davlat gumanitar universiteti (РГГУ), Moskva davlat universiteti tarix fakulteti bilan ilmiy hamkorlik aloqalari amalga oshirilgan;
2009 – 2017-yillarda Germaniyaning Bilefeld va Gissen universitetlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari amalga oshirilgan;
2011 – 2019-yillarda Germaniyaning Konrad Adenauer fondi bilan “Markaziy Osiyoning XX-XXI asr boshidagi tarixini tadqiq qilishning dolzarb masalalari” nomli xalqaro ilmiy loyihalarda qatnashilgan;
2020 – 2023-yillarda Fransiya ijtimoiy fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo xalqlarining marosim iqtisodiyoti” nomli xalqaro ilmiy loyihalarda qatnashilgan;
2024-yilda Yaponiyaning Vaseda universitetida “G‘arb va sharqdagi iqtisodiy ta’limotlarning o‘zaro bog‘liqligi” mavzusida tadqiqot olib borilgan;
Bo‘lim ilmiy xodimlari va doktorantlar Yevropa, Osiyo, Amerika va boshqa mintaqalarning nufuzli ilmiy markazlarida turli ilmiy tadqiqotlar, ma’ruzalar o‘qigan va malaka oshirgan, 100 ga yaqin ellararo ilmiy yig‘in, seminarlar, davra suhbatlarida ishtirok qilgan va xorijiy ilmiy nashrlarda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etilgan.

 

Nashrlar:
1. Новейшая история Узбекистана: Учебник для вузов. Издание 2-е, дополненное. Ташкент. 2020.
2. Новейшая история Узбекистана (1991 – 2016 г.г.): (Коллективная монография). Ташкент. 2019.
3. Sh. Rahmatullayev. Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991 – 1996 yillar). Toshkent. 2017.
4. Р. Назаров. Этнополитические процессы и межэтнические от-ношения в Республике Узбекистан (конец ХХ – начало ХХI вв.). Ташкент. 2016.
5. М. Рахимов Современная история взаимоотношений Узбекистана и стран Центральной Азии с ведущими государствами мира. Ташкент. 2016.
6. М.А. Рахимов, Ш.М. Рахматуллаев, Р.Ю. Турсунова, Р.Р. Назаров. Очерки новейшей истории Узбекистана. Ташкент. 2015.
7. O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida. Mas’ul muharrirlar. Sh. Rahmatullayev, S. Agzamxodjaev. Toshkent. 2014.
8. Стратификационные процессы общества Узбеки стана в контексте исторических процессов/ Отв. ред. М. Рахимов, Н. Махкамова. Ташкент. 2014.
9. M. Rakhimov, R. Seidelmann, S. Jonboboev. Central Asia today: Countries, Neighbors, and the Region. Peter Lang Publishing House, Frankfurt/Berlin/Bern/Brussels, New York/Oxford/Vienna, 2014.
10. Центральная Азия. Человек – общество – государство/ Отв. ред. А. Улунян. Москва: ИВИ РАН. 2013.
11. Р. Назаров. Полиэтнический социум Узбекистана (историко-соци-ологический аспект). Ташкент. 2013.
12. R. Abdullaev, U. Abdurasulov, D. Alimova, R. Nazarov, M. Rahimov, Sh. Rahmatullayev. Buyuk va muqaddas, mustaqil Diyor O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan kitob-albom. Tashkent. 2011.
13. М. Рахимов. Международное сотрудничество Узбекистана в контексте обеспечения стабильности и устойчивого развития в Центральной Азии. Ташкент. 2011.
13. М. Рахимов, Э. Нуриддинов, Р. Абдуллаев, Г. Ганиева, Д. Гуламова. История становления и развития сотрудничества Республики Узбекистан с международными организациями. Ташкент. 2011.
14. D.A. Alimova, Yu.F. Buryakov, Sh.M. Rahmatullayev. Samarqand tarixi (qadimdan hozirgi vaqtga qadar). Tashkent: “ART FLEX”. 2009.
15. Э. Нуриддинов. Международное сотрудничество Республики Узбекистан со странами Европы.Ташкент: “Чўлпон”. 2002.
16. M. Jo‘raev, Sh. Ziyomov, E. Nuriddinov, M. Rahimov, Sh. Rahmatullayev Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari. Toshkent. 2001.
17. M. Jo‘rayev, E. Nuriddinov, M. Rahimov, Sh. Rahmatullayev. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Toshkent. 2000.