1943-yili tashkil topgan. “Arxeologiya”, “O‘zbekistonning moddiy madaniyati va qadimgi tarixi”, “Qadimgi davr tarixi” nomlarda faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-iyundan “Qadimgi davr tarixi” bo‘limi sifatida qayta tuzilgan.
Bo‘limni turli yillarda Vasiliy Shishkin (1943 – 1966), M. Qosimov (1966 – 1970), Rustam Suleymanov (1998 – 2003), Yuriy Buryakov (2004 – 2012), o‘rta asrlar bo‘limi bilan birlashganda Azimxo‘ja Ataxo‘jaev (2013 – 2020), Dilmurod Normurodov (2020 – 2022) boshqarganlar. 2022-yildan unga Feruza Shomukaramova boshchilik qilmoqda.
Bo‘limning ilmiy yo‘nalishlari:
– eng qadimgi va qadimgi davr tarixi;
– ilk sivilizatsiyalar;
– qadimgi va ilk o‘rta asrlarda shaharlarni shakllanishi;
– qadimgi davr xunarmandchilik turlari va rivojlanish jarayonlari;
– tog‘-konchilik tarixi;
– qadimgi davrda ijtimoiy hayot, madaniyat va ma’naviyat;
– qadimgi va ilk o‘rta asrlarda davlatchilik tarixi;
– arxeologik yodgorliklarni zamonaviy texnologiyalar yordamida tadqiq etish.
Loyihalar
1. 1998 – 2003-yillar. Ilk sivilizatsiyalar. O‘zbekistonda ilk davlatchilikning shakllanishi.
2. 1998 – 2003-yillar. Qadimiy va o‘rta asr moddiy-madaniyat tarixi. O‘zbekiston meʼmoriy yodgorliklari.
3. 2003 – 2007-yillar. O‘rta Osiyoning qadimgi sivilizatsiyasi va ekologiyaning o‘zaro bog‘liqligi.
4. 2007 – 2011-yillar. Qadimda va o‘rta asrlarda O‘zbekistonning modiy va maʼnaviy madaniyati tarixi.
5. 2016 – 2021-yillar. Movarounnahr – Аmir Temur davlatining iqtisodiy, ilm-fan va madaniyatining asosiy markazi sifatida (ashyoviy va yozma manbalar asosida).
6. 2019 – 2021-yillar. Qadimgi Shosh va Xorazmning arxeologiya yodgorliklari va muqaddas qadamjolarini kartalashtirish va tadqiqotini o‘tkazish (Xalqaro turizm yo‘nalishlari tarmog‘ini rivojlantirish)
7. 2022-2023-yillar. Toshkent shahri arxeologik yodgorliklarini xartalashtirish va tadqiqotini o‘tkazish.
Ellararo aloqalar
Bo‘lim xodimlari nafaqat mamlakatmizdagi, balki xorijdagi ilmiy markazlar va universitetlar bilan ham hamkorlikda tadqiqotlar olib bormoqda. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
2008-2012-yillarda xalqaro seminar va konferensiyalarda qatnashish (Yu.F Buryakov., M.I Filanovich., R.X. Suleymanov);
2010-2015-yillarda xalqaro ilmiy loyihalar va dasturlarda ishtirok qilish (M.I Filanovich., R.X Suleymanov;)
Markaziy Osiyo tarixining qadimgi davri muammolari bilan shug‘ullanayotgan xorijiy tadqiqotchilariga konsultatsiyalar berish va ilmiy rahbarlik qilish;
xorijiy nashrlarda monografiya, risolalar va ilmiy maqolalar chop qilish (Germaniya, Fransiya, Qozog‘iston, Rossiya, Koreya, Qirg‘iziston, Туркия va boshqalar).
Nashrlar:
1. Буряков Ю.Ф., Гритсина А.А. Мовароуннаҳр Буюк ипак йўли чорраҳасида. Самарқанд–Бишкек: Фан, 2006. 208 бет. (рус тилида).
2. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. Ташкент: Фан, 2000. 334 б.
3. Сулейманов Р.Х. Нахшаб – тайны забытой цивилизatsiи. Ташкент: Маънавият, 2004. 4 п.л.
4. Сулейманов Р.Х. Нахшаб – унутилган тамаддун сирлари. – Ташкент: Маънавият, 2004. 4 б.
5. Сулейманов Р.Х., Ю.Ф. Буряков ва бошқалар. Қарши. Албом. – Тошкент: Маънавият, 2006. 160 бет.
6. Сулейманов Р.Х. Ўзбекистон – жаҳон цивилизatsiяси кесимида. Китоб-альбом. Тошкент: Бактрия, 2023. 120 бет. Б. 7-72.
7. Филанович М.И. Древняя и средневековая история Ташкента в археологических источниках. – Ташкент: Узбекистан, 2010. 312 с.
8. Шайдуллаев Ш. Туроннинг энг қадимги ёзув тизими. Тошкент: Фан, 2024. 84 бет (А. Шайдуллаев билан ҳаммуаллифликда).