O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 20-maydagi “Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Shu vaqtdan boshlab uni tarix fanlari doktori Feruz Sayfullayevich Boboyev boshqarib kelmoqda.
Markazning ilmiy yo‘nalishlari:
- harbiy siyosat va boshqaruv;
- harbiy arboblar;
- harbiy mansablar va unvonlar;
- harbiy belgilar;
- qo‘shin turlari va tuzilishi;
- harbiy tayyorgarlik va mahorat;
- harbiy qurol-aslahalar va qo‘shin ta’minoti;
- harbiy istehkomchilik;
- harbiy iqtisod, transport va tibbiyot;
- harbiy cholg‘uchilik va rassomchilik;
- harbiy geografiya;
- maxfiy xizmat.
Hozircha tadqiqotlar ma'lumotlari mavjud emas.