Tarixshunoslik, arxivshunoslik va hujjatshunoslik markazi 1968-yil tashkil topgan. Markaz “Tarixshunoslik sektori”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik”, “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” kabi nomlarda faoliyat yuritgan. 2024-yildan “Tarixshunoslik, arxivshunoslik va hujjatshunoslik” markazi deb qayta tashkil etilgan. Markazga turli yillarda yetuk mutaxassislar: Boris Lunin (1968 – 1988), Valeriy Germanov (1988 – 1992), Dilorom Alimova (1992 – 2020), Nigora Allayeva (2020 – 2023), Feruz Boboyev (2024-yil yanvar-may oylari), Odil Zaripov (2024-yil may-dekabr oylari) rahbarlik qilgan. 2025-yildan hozirgacha tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Jumaniyoz Alijon oʻgʻli Sangirov boshqarib kelmoqda.
Markazning ilmiy yoʻnalishlari:
- Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixining oʻrganilishini tadqiq etish;
- Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixiga doir hujjatlarni oʻrganish.