⚠️|
"Etnologiya va antropologiya" markazi

"Etnologiya va antropologiya" markazi

    1943-yili tashkil topgan. “Etnografiya”, “Etnik tarix”, “Etnologiya” nomlarda faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-iyundan “Etnologiya va antropologiya” markazi sifatida qayta tuzilgan. Markazni turli yillarda M. Andreyev (1944 – 1947), O. Suxareva (1947 – 1967), Karim Shoniyozov (1967 – 1998), Zoya Orifxonova (1999 – 2004) va Gulchehra Zununova (2005 – 2009) boshqarganlar. 2010-yildan unga Adhamjon Ashirov boshchilik qilmoqda.

 

Markazning ilmiy yo‘nalishlari:         
- Tarixiy elshunoslik;
- O‘zbek xalqi elshunosligi;                                                          
- Moddiy va nomoddiy madaniyat;                                        
- Marosim va urf-odatlar;                                                            
- O‘zbek oilasi va milliy qadriyatlari;                                        
- Din va diniy qadriyatlar;                                                            
- Hunarmandchilik;                                                                        
- Tibbiy antropologiya;                                                                 
- Etnoekologiya;
- Diasporologiya;
- Xalq og‘zaki ijodi;
- Iqtisodiy antropologiya;
- Harbiy antropologiya.

Izlanishlar

Tadqiqotlar

Bajarilgan loyihalar

  1. 2003 – 2005-yillar. O‘zbekistonning janubiy, shimoli-sharqiy hududlarida etnoslararo munosabatlar.
  2. 2003 – 2005-yillar. Zamonaviy ko‘pmillatli shaharda etnomadaniy jarayonlar.
  3. 2006 – 2008-yillar. O‘zbeklarning XIX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi etnik tarixi va etnografiyasini tadqiq etish.
  4. 2007 – 2011-yillar. O‘zbeklarning etnik identifikatsiyasi: o‘ziga xosligi va transformatsiyasi
  5. 2009 – 2011-yillar. Zamonaviy O‘zbekistonda milliy diasporalar marosimiy hayotidagi an’analar va innovatsiyalar (Toshkent shahri misolida).
  6. 2010 – 2011-yillar. Jahon etnologiya maktablari va zamonaviy o‘zbek etnologiyasi.
  7. 2012 – 2014-yillar. Zamonaviy o‘zbek qishlog‘i: ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va transformatsion jarayonlarning etnosotsiologik tahlili (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida).
  8. 2012 – 2013-yillar. Zamonaviy etnoxo‘jalik munosabatlarining etnomadaniy aspekti.
  9. 2014 – 2015-yillar. O‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglasi va mentaliteti.
  10.  2014 – 2015-yillar. XX asr boshlarida O‘zbekiston hududida etnik holat: milliy va etnodemografik o‘zgarishlar.
  11.  2015 – 2017-yillar. O‘zbeklar: etnik tarix, madaniyat va an’analar.
  12.  2016 – 2017-yillar. O‘zbekistonning shimoli-sharqiy hududlarida shahar antropologiyasi (VI–VIII asrlar).
  13.  2018 – 2019-yillar. O‘zbeklar milliy identikligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.
  14.  2017 – 2018-yillar. O‘zbeklarning zamonaviy etnoekologik madaniyati.

 

Xalqaro aloqalar

Markaz xodimlari mamlakatdagi izlanishlardan tashqari xorijdagi yetakchi ilmiy markazlar va universitetlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib bormoqda. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

2015 – 2021-yillarda Tubingen (Germaniya) universiteti bilan hamkorlikda Wolkswagen fondining “Sirdaryo havzasi aholisining ijtimoiy va ekologik madaniyati tarixi”;

2019-yildan Fransiya Ijtimoiy fanlar akademiyasi bilan birga Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda marosim iqtisodiyoti”;

2024-yildan Rossiyaning Oltoy universiteti bilan “Katta Oltoy: turkiy meros” nomli xalqaro ilmiy loyihalarida faoliyat olib bordi.

2017 – 2025-yillar davomida Markazning 11 nafar ilmiy xodim va doktorantlari Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” loyihasi doirasida Luven katolik universiteti (Belgiya)da ilmiy stajirovkada bo’ldi. Shuningdek, 2000 – 2025- yillarda o‘zbek xalqi etnologiyasi va antropologiyasini oʼrganish maqsadida АQSh, Аvstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlardan O‘zkekistonga kelgan 30 dan oshiq tadqiqotchi hamda doktorantlar Markazning yetakchi olimlari ilmiy rahbarligida uzoq va qisqa muddatli stajirovka o’tashdi.

 

Nashrlar

  1. K. Шониёзов. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Тошкент, 2001.
  2. А. Аширов. Авестодан мерос маросимлар. Тошкент, 2001.
  3. А. Аширов. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. Тошкент, Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007.
  4. Узбеки. Москва, Наука, 2011.
  5. Г.Зунунова. Материальная культура узбеков Ташкента: рансформация традиций (XX - начало XXI в.). Ташкент, 2013.
  6. A. Ashirov. Etnologiya.  O’quv qo’llanma. Toshkent, Yangi nashr, 2014.
  7. Миндон ва миндонликлар. Тошкент, Yangi nashr, 2015.
  8. А. Қаюмов. ХХ аср бошларида Ўзбекистон ҳудудида этник ҳолат. Тошкент. Adabiyot uchqunlari. 2015.
  9. А. Маликов. Тюркские этнонимы и этнотопонимы долины Зарафшана. Ташкент: Муҳаррир, 2018.
  10. С.Т. Давлатова. Ўзбек анъанавий ҳунармандчилиги тарихий жараёнлар контексида. – Тошкент, Yangi nashr, 2018.
  11. А.А. Аширов. Ўзбек маданиятида сув. Тошкент: Akademnashr, 2020.
  12.  И.М. Хўжахонов. Ўзбекларнинг миллий ўзлиги. Тошкент. Nurafshon business,  2020.
  13. A. Ashirov, X. Jumanazarov. Türk dünyasi halkbilimi Cilt II. (Özbekistan-Türkmenistan-Kirgızistan-Tataristan). Ankara 2024.
  14. X. Jumanazarov. Turkistonda tibbiyot tarixi. Toshkent: Fan, 2024.
  15. А. Азизов. Ўзбек халқининг ҳайвонот оламига оид қарашлар. Тошкент, Фан, 2024.