Turkiyaning Najmiddin Erbaqon universitetida tarix fanidan yozgi o‘qishlari boshlandi

   2022-yil 16-iyun kuni Turkiyaning Najmiddin Erbaqon universitetida yozgi o‘qishlarning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy yig‘inni Tarix fakulteti dekani professor Kamol O‘zjan olib bordi. Har ikki davlat tarixchi olimlari uchun tashkil qilingan ilmiy yig‘inning qanchalik muhimliligi va kelajakda bu ilmiy yig‘inning ko‘lamini kengaytirish kerakliligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Universitet rahbari professor Zakiriyan janoblari tabrik so‘zida hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun universitet har doim tayyorligini, ilmiy muloqotlar almashinuvini muntazam yo‘lga qo‘yish uchun barcha sharoitlar yetarliligi, oxirgi 5-6 yil davomida davlatlararo munosabatlarning yanada mustahkamlanib borayotganligi, Turkiya jumhuriyati rahbari Rajab Toyib Erdog‘on janoblarining mamlakatimizga rasmiy tashrifi vaqtida Xiva shahriga qilgan tashrifi vaqtida tarixi bir bu elning mushtarak yo‘llari, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi haqida aytgan fikrlarini taʼkidlab o‘tdi. 

   Tarix instituti direktori professor Аzamat Ziyo tabrik so‘zida, tili va dini bir bu ellarni tarixan manzillari birligi, mushtarakligi haqida aytib, 140 yil oldin Turkiston xalqini bir-biridan sun'iy ajratish holatlari bo‘lganligi, ayniqsa 1924-yilda etnik jihatdan bir-biridan ajratib boshqarilganligi haqida aytib o‘tdi. Turkiya jumhuriyati O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ilk tan olgan davlat sifatida, ayniqsa 2016-yildan so‘ng Yangi O‘zbekiston rahbarining o‘zaro aloqa va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqanligi, va Tarix instituti olimlarining bugungi ilmiy hamkorlik uchun tashrifi bunga yaqqol misol boʼla olishini aytib o‘tdi. Hozirgi vaqtda hukumatlararo munosabatlar, olimlar orasidagi aloqalar naʼmunasi o‘laroq Tarix institutining 10 dan ortiq Yosh olimlarini ilmiy hamkorlikda kelajak poydevori bo‘lishligini, kelgusida bu yozgi o‘qishlarni barcha turkiy davlatlar yosh tarixchi olimlarining ilmiy yig‘inlarini muntazam o‘tkazib borilishida tenglik va samimiylik bilan ilmiy hamkorlikka doimo tayyorligi haqida gapirdi. Shundan so‘ng, Tarix institutida oxirgi ikki yilda nashr qilingan barcha ilmiy kitob va jurnallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

   Ilk ilmiy maʼruza Saljuq universiteti professori Mustafo Demirchi tomonidan bo‘lib oʼtdi. Аvvalo so‘zining boshida, “O‘zbekiston - onaduliyaliklar uchun ikkinchi qibladir” deb, O‘zbekiston barcha turkiy xalqlarning siyosiy, maʼnaviy jihatdan tarixan markazi bo‘lganligi, va Yangi O‘zbekistonda uchinchi uyg‘onish davrining ilk poydevori qo‘yilayotganligi haqida ishonchli fikrlar bildirib o‘tdi. Ilmiy maʼruzani bashariyat olimlari Turon zaminidan chiqqan olimlarning qarashlari, tarix falsafasi xususida bo‘ldi.

   Keyingi maʼruzachi Najmiddin Erbaqon universiteti professori Fotih Mehmit Berk janoblari “Onaduliya madaniyat tarixi” xususida bo‘lib, bir qancha ilmiy qarashlarini bayon etdi. Umuman olganda bugungi maʼruzalar bir-biridan qiziqarli, foydali bo‘ldi.