“Amir Temur va Izmir” xalqaro ilmiy yig‘inidagi ma’ruzalarning elektron nashri tayyorlandi.

   2021-yil 29 - 30-noyabr kunlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Turkiyaning Egey universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari instituti hamkorligida o‘tkazilgan “Amir Temur va Izmir” mavzusidagi xalqaro ilmiy yig‘inda taqdim etilgan ma'ruzalar elektron to‘plam holida tayyorlandi. Ushbu ilmiy to‘plamda Turkiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon olimlarining maqolalari o‘rin olgan.

   To‘plamda e’lon qilingan maqolalar qatorida institutning yetakchi va yosh ilmiy xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan qiziqarli hamda dolzarb bo‘lgan mavzulardagi ilmiy muammolar qalam ostiga olingan.

   Nashr tarix yo‘nalishi mutaxassislari va barcha qiziquvchilarga mo‘ljallangan. To‘plamni to‘liq holda institut kutubxonasidan yuklab olishingiz mumkin.