“O‘zbekistonda falsafa tarixi tadqiqotlari va muammolari” ellararo ilmiy yig‘ini o‘tkazildi

   2022-yilning 22-dekabrida “O‘zbekistonda falsafa tarixi tadqiqotlari va muammolari” ellararo ilmiy yig‘ini o‘tkazildi. Anjuman masofaviy tarzda tashkil etilib, unda ko‘plab xorijiy mamlakat olimlari ishtirok etdilar. Hususan, Turkiyaning Istanbul madaniyat universiteti professori Ehson Fazlio‘g‘li va doktori Ertug‘rul O‘kten hamda Tarix instituti katta ilmiy xodimi doktor Bahodir musametov ma’ruza bilan qatnashdilar. Ilmiy chiqishlar tarix falsafasi ilmiy muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘rta Osiyolik allomalarning falsafiy qarashlari va temuriylar davrida fan taraqqiyoti, tarix fanini falsafa bilan hamohang tadqiq etish hususida ma’lumotlar taqdim etildi. Anjuman ishtirokchilari tomonidan ma’ruzachilarga ilmiy muammo doirasida savollar berildi. Yig‘in mulohaza va bahs-munozaralar bilan yanada qizg‘in o‘tdi. Bunday ilmiy yig‘inlar doirasida yosh tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot olib borishda uslubiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lish bilan birgalikda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.