O'zbek mahallasi va uning o'ziga xosligi
Tarix Instituti Yosh olimlari Kengashining navbatdagi ilmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Unda Tarix Instituti kichik ilmiy xodimi Muxtorjon Tolibboyev "O'zbek mahallasi va uning o'ziga xosligi" ilmiy maʼruzasi bilan qatnashdi. Ma'ruza so‘ngida savol-javob bo‘lib o‘tdi. Muxtorjon Tolibboyevga ustozlar va yosh olimlar tomonidan mavzuni chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish bo‘yicha taklif-mulohazalar berildi.