Tarix instituti va Pamukqal'a universiteti o‘rtasida kelishhuv imzolandi

   2022-yil 30-avgust kuni Tarix instituti direktori Azamat Ziyo va Turkiyaning Pamukqalʼa universiteti rektori Ahmed Qutlug‘xon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kuchaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar tayyorlash va amalga oshirish, o‘zbek-turk xalqlari tarixini o‘rganish masalari, birgalikda ilmiy yig‘inlar tashkil etish muhokama qilindi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda tarix fani oldida turgan vazifalardan kelib chiqib, ularning yechimlaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash masalasi ekanligiga urg‘u berildi. Bunda ikki tomonlama mutaxassislar va yoshlar almashinuvi dasturini amalga oshirish dolzarb ekanligi taʼkidlandi. Bundan tashqari yosh tarixchi olimlar o‘qishlari muddati va mavzular ko‘lamini kengaytirish, institut yoshlarining til bilish darajasini yaxshilash maqsadida turkiyalik mutaxassislarni jalb etishga kelishildi. Uchrashuv so‘nggida Tarix instituti va Turkiyaning Pamukqalʼa universiteti o‘rtasida kelishuv bitimi imzolandi.