Tarix institutida yil sarhisobi

2021-yil 22-dekabr O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida yosh olimlar kichik ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va stajyor tadqiqotchilar 2021-yil sarhisobi, qoʻlga kiritilgan natijalar, yutuqlar, kamchiliklar hamda 2022-yil ish rejalari boʻyicha institut rahbariyatiga oʻz hisobotlarini topshirdi. Hisobot tanqidiy ruhda, lekin juda foydali maslahatlar va koʻrsatmalar asosida boʻldi.

Hisobot davomida institutning "Yosh olimlar kengashi" faoliyati ham tahlil etilib, kengash raisligiga yangi nomzod Jamshid Odilov koʻrsatildi va ko‘pchilik ovoz bilan tasdiqlandi. Bugunga qadar Yosh olimlar kengashi raisi sifatida Xurshidjon Jumanazarov faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bundan tashqari kengash faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ham muhokama etildi.

Hisobot so‘nggida institut ma'muriyati tomonidan yosh tadqiqotchilar muammolari hamda tadqiqot uchun yaratilishi lozim bo‘lgan tashkiliy masalalar belgilab olindi. Xususan, institut rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan qo‘shimcha til mashg‘ulotlari va izlanish olib borishdagi boshqa muassasalar bilan kelishuv asosida tadqiqotchilar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar yosh olimlarga yetkazildi.